
“Real” - “yangi Ibragimovich” uchun kurashda favorit
Shvetsiyaning AIK jamoasi hujumchisi Aleksandr Isak faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Marca nashrining xabar berishicha, 17 yoshli vunderkindni qo‘lga kiritishda “Real”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Isak bu yilgi Shvetsiya chempionati uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Boisi, u 24ta uchrashuvda 10ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uni vatanida “yangi Ibragimovich” deb atashmoqda.
Isak uchun “Real”dan tashqari “Manchester Yunayted” va “Bavariya” kabi Evropaning top-klublari kurash olib borishmoqda. Uning AIK bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 31 dekabriga qadar imzolangan.
Fikrlar