"Real", "Barselona" va "Yuventus"ning Chempionlar ligasidagi taqdiriga qachon oydinlik kiritiladi?

  • 1 iyun, 2021, 22:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA "Real ", "Barcelona" va "Yuventus"ni Evropa Superligasini yaratishga uringani uchun jazolamoqchi.

Tecno

Eurosport ning La Repubblica nashriga asoslanib xabar berishicha, ushbu uch jamoani Chempionlar ligasidan bir yoki ikki mavsumga chetlatish rejalashtirilmoqda. Bu masalada haqda tashkilot kelasi hafta boshida qaror qabul qilishi mumkin.

Bundan avvalroq UEFA "Yuventus", "Barselona" va "Real" klublarini katta miqdorda jarimaga tortmoqchi ekani va o‘z navbatida klublar bu borada Sport arbitraj sudiga UEFA ustidan arz qilishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, barbod bo‘lgan Evropa Superligasi g‘oyasi “Real” prezidenti Florentino Peres hamda “Yuventus” prezidenti Andre Anelli tomonidan o‘ylab topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!