
“Real” 10 millionga olgan futbolchisini 70 million evroga sotadi
Yozda Madridni tark etishga qaror qilgan frantsiyalik himoyachi Rafael Varanga da’vogarlik qilayotgan asosiy jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Zinedin Zidan qo‘yib yuborishni istamayotgan bu himoyachini PSJ va “Manchester Yunayted” o‘z safiga chorlamoqda.
Parijliklar Varan transferi bo‘yicha “Qirollik klubi”ga rasmiy so‘rov yubordi. “Manchester Yunayted” mutasaddilari ham futbolchiga ma’qul keladigan taklif tayyorlamoqda.
Varanning klub bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. U yangi bitimni taklif qilmadi va shu bois, yozda boshqa jamoaga o‘tishi ortiqcha muammo bo‘lmaydi.
Rafael Varan “Real”ga o‘n yil oldin “Lans” klubidan 10 million evro evaziga olib kelingan edi. Futbolchining hozirgi narxi 70 million evroga baholanmoqda. Tajribali himoyachi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 28 ta uchrashuvda ikkita gol urdi.
Fikrlar