"Real" 100 mln evroga baholanayotgan 17 yoshli frantsuzni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 17 dekabr, 2019, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinjaning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Renn” 17 yoshli frantsiyalik futbolchini 100 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kamavinja uchun shuningdek "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Kamavinja joriy mavsum “Renn”da 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer bozoridagi narxi esa 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!