"Real" 18 yoshli himoyachini sotib olmoqchi

  • 12.11.2024 13:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Himoyada katta muammolarga duch kelgan "Real" qishda markaziy himoyachi sotib olmoqchi.

Mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "qirollik klubi" "Ayaks" himoyachisi Jorrel Xatoga qiziqish bildirmoqda. Klub 18 yoshli futbolchining o‘yinini kuzatmoqda. Biroq, tomonlar hali muzokaraga kirishmagan.

Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum ichki chempionatda 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Tranfermarkt portali uni 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!