
"Real" 2 ta futbolchi uchun 100 million safrlamoqchi
"Real Madrid" APLning "Bornmut" klubida to‘p surayotgan ikki futbolchi bilan tarkibini kuchaytirmoqchi.
"TodoFichajes" nashrining ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" himoyachilar Milosh Kerkes va Din Xeysen bilan jiddiy qiziqmoqda.
"Real" rahbariyati ushbu ikki futbolchini sotib olish uchun 100 million evro ajratishga tayyor. Bitim yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
Joriy mavsum APLda Kerkes 2 ta gol, 5 ta assist qayd etgan bo‘lsa, Xeysen 2 ta gol urishga muvoffaq bo‘ldi.
29-turdan so‘ng "Real" La Liga turnir jadvalida 63 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va "Barselona"dan 3 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar Ligasi chorak finalida "qirollik klubi" Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar