"Real" 2012 yildan buyon ilk bor "Xetafe"ni enga olmadi
Avval xabar berganimizdek kecha “Real” La Liganing 34-tur uchrashuvi doirasida “Xetafe” mehmoni bo‘ldi va 0:0 hisobida nursiz durangga imzo chekdi.
E’tiborlisi, shu tariqa “qirollik klubi” 2012 yildan buyon ilk bor La Liga doirasida “Xetafe”ni enga olmadi. Bungacha “Real” ushbu jamoani qatorasiga 10ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchratib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda 65 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Xetafe” esa 55 ochko bilan EChLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar