“Real” 22 ta o‘yinda 59 ta gol urgan futbolchini oldi (foto)

  • 23 avgust, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelajak uchun yangi transferni amalga oshirdi. Madrid klubi belaruslik 12 yoshli futbolchi Aleksey Mayorovni o‘z akademiyasiga qabul qildi.

Tecno

Mayorov endi “Infantile V” jamoasida to‘p tepadi.

Aleksey futbolchilar oilasida vakili hisoblanadi uning bobosi  Aleksandr Kisten 1980 yillarda Minskning “Dianmo” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Mayorov Kataloniyaning “Serdanola” jamoasida o‘ynab kelayotgan edi. Iste’dodli bolakay 22 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 59 ta gol yozdirib qo‘ydi. Bu natijadan keyin unga Ispaniyaning qator klublari, xususan, “Barselona” ham qiziqish bildirgandi.

“Qirollik klubi” Mayorov transferi uchun 120 ming evro to‘ladi. Bu futbol tarixida 12 yoshli bolakay uchun to‘langan eng katta summa ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!