"Real" A Seriya yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda "Telegraph" nashri xabar tarqatdi. 

Manbaning yozishicha, "qirollik klubi" belgiyalik forvardni Erling Xoland va Kilian Mbappega zaxira variant sifatida ko‘rmoqda. Agar ikki yosh futbolchining transferi amalga oshmasa, madridliklar Lukakuni xarid qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 27 yoshli hujumchiga "Chelsi" va "Barselona" jamoalari qiziqayotganligi haqida yozilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!