"Real" afsonasi "qirollik klubi" qaysi futbolchini sotib olishi kerakligini aytdi
"Real" Madrid klubi sobiq futbolchisi Ugo Sanches “qirollik klubi” “Tottenxem” Xarri Keynni sotib olishi kerakligini aytdi.
“Real” 9-raqamga munosib 2 ta kuchli futbolchi sotib olishi kerak. Men Keynni anchadan buyon kuzatib kelyapman va uni xatto 200 millionga bo‘lsa ham sotib olgan bo‘lardim. Ronalduam juda qimmat edi, lekin u “Real”ga nimalar berganini yaxshi bilasizlar.
Yovich ham kelajagi bor iste’dodli hujumchi hisoblanadi, ammo, hozir “Real”ga dunyoning eng yaxshi hujumchisi kerak, Keyn esa ulardan biridir.
Gol urish – futboldagi eng qiyin ish. 6-7 ta futbolchining transferi uchun 300 mln evro sarflash mumkin, biroq ularning hech biri gol urishiga kafolat berishmaydi. Shuning uchun men Keynga 200 million to‘lagan bo‘lardim”, - deydi Sanches.

Fikrlar