
"Real" Angliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Vest Xem" klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Defensa Central.
Manbaga ko‘ra, "Real" 23 yoshli futbolchini joriy yozgi transfer oynasida sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq ingliz klubi futbolchini 100 million evroga baholayotgani bu borada biroz muammo paydo qilishi mumkin.
Deklan Rays o‘tgan mavsum “Vest Xem” safida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar