"Real" APL klubida to‘p surayotgan futbolchisini muddatidan avval qaytarib oladi

  • 31.12.2019 09:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Vulverxempton"ga ijaraga berilgan himoyachisi Xesus Valexoni ortga qaytarmoqchi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” futbolchisining APL klubida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotganidan norozi bo‘lmoqda. Aytish kerakki Valexo noyabr oyidan buyon maydonga tushmadi.

Hozirda ispaniyalik futbolchini muddatidan avval Madridga qaytarish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Valexo bu mavsum “Vulverxempton” safida jami 7 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!