“Real” armonda qolishi mumkin: Mbappega yangi da’vogar chiqdi
“Real” rahbariyati Kilian Mbappening transferini tezroq hal qilmasa, bu hujumchini qo‘ldan chiqarishi mumkin.
PSJ hujumchisiga “Liverpul” ham da’vogarlik qila boshladi. “Qirollik klubi”dan farqli ravishda liverpulliklar Mbappening kelasi yozda erkin agentga aylanishini kutmoqda. Tabiiyki, transferga pul sarflamaganidan keyin “Liverpul” hujumchining o‘ziga ko‘proq mablag‘ berish imkoniga ega bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, Lionel Messi kelganidan keyin Kilian Mbappening o‘zini tutishi o‘zgarib qoldi. Kuni kecha yosh hujumchi PSJ taklif qilayotgan olti yillik yangi shartnomani imzolamasligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Mbappe jamoa o‘yinchilari davrasiga qo‘shilmay qo‘ygan.
O‘tgan mavsumda Kilian Mbappe barcha turnirlarda 47 ta uchrashuv o‘tkazib, 42 ta gol urdi va 11 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar