"Real" Arnoldni klublar o‘rtasidagi JChgacha olishni istamoqda

  • 6 may, 18:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" Trent Aleksander-Arnoldni joriy mavsum yakuniga etmasidan jamoaga qo‘shilishini xohlamoqda. Bu haqida Angliyaning mashhur saytlaridan biri hisoblangan "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumki, 26 yoshli himoyachi "Liverpul" bilan shartnomasini yakunlab, klubni tark etadi. Uning amaldagi kelishuvi 2025 yil 30 iyungacha davom etadi. Biroq, joriy mavsumda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati sabab 1–10 iyun kunlari qo‘shimcha transfer oynasi ochiladi.

Shu sababli, "Real" angliyaliklardan futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishlarini so‘ragan. Bu holda Trent Madrid klubi safida jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi" buning uchun 500 ming evro kompensatsiya taklif qilgan, ammo mersesaydliklar buni rad etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!