“Real” arzon, lekin zo‘r futbolchi topdi
Odatda, yulduz darajasidagi futbolchilarni ham tanlab-tanlab oladigan “Qirollik klubi” koronavirus pandemiyasi ta’sirida vujudga kelgan moliyaviy inqiroz davrida transfer summasi katta bo‘lmagan o‘yinchilarga e’tibor qaratmoqda.
Ayni paytda “Real” skautlari A Seriyada “Bolonya” sharafini himoya qilayotgan gvineyalik yarim himoyachi Musa Barrouning o‘yinchilari sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
22 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda Italiya chempionatida 28 ta bahsda maydonga tushib, oltita gol urdi va to‘qqizta golli pas uzatdi. Uning “Bolonya” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. Shu bois, “Real” Barrouni qo‘lga kiritish uchun 18 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar