“Real” ashaddiy raqibi “Barselona”ni qo‘llab-quvvatladi
“Real” futbolchilari “Valensiya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda tuzalmas dardga chalingan “Barselona”ning sobiq murabbiyi Xuan Karlos Unsueni qo‘llab-quvvatladi.
O‘yin boshlanishi oldidan har ikki jamoa sardorlari - Serxio Ramos va Daniel Parexo “Unsue – biz siz bilan” yozuvi aks ettirilgan futbolkani ko‘tardi.
53 yoshli Unsuega yon tomonlama amiotrofik skleroz tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallik vaqt o‘tishi bilan falajlikka olib keladi.


Fikrlar