
"Real" asosiy futbolchisini noma’lum muddatga yo‘qotdi
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi mushaklarida og‘riq his qila boshlagan va shu sababli mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. U tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng, uning jarohati qay darajada ekani ma’lum bo‘ladi. Ammo u 23 dekabr kuni “Granada”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi.
35 yoshli Modrich joriy mavsum “Real” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar