“Real” Azardan qutilish yo‘lini topdi

  • 17 mart, 2023, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi – Eden Azar 2019 yili jamoaga olib kelinganidan beri o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Tecno

Madridliklar eng katta maosh olayotgan va jamoaga foyda keltira olmayotgan belgiyalik hujumkor o‘yinchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi. Azarning o‘zi esa, bir necha bor boshqa klubga o‘tish imkoniyatini rad etdi.

“Qirollik klubi” rahbariyati yozda Azarni ijaraga berib yubormoqchi. Xaridor topilishi uchun poytaxtliklar maoshining bir qismini ham to‘lab berishga tayyor.

Azarning o‘zi 2024 yilning yozigacha tuzilgan shartnomasining so‘nggi kuniga qadar klubdan hech qaeqqa ketmoqchi emas. Endi “Real” uni ijarada o‘ynashga ko‘ndiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!