
“Real” Azarga kulgili narx qo‘ydi
O‘z davrida Angliya premer-ligasining eng zo‘r va qimmatbaho futbolchilaridan bo‘lgan Eden Azar “Real”ga kelganidan beri narxi bir necha barobar tushib ketdi.
“Qirollik klubi” ispan futboliga moslasha olmagan belgiyalik o‘yinchini transferga qo‘yishga qaror qildi. Madridliklar 2019 yili qariyb 100 million evroga transfer qilingan Azarni endi 25 million evro to‘lagan jamoaga berib yubormoqchi.
Ayni paytda 30 yoshli hujumkor futbolchiga Angliya premer-ligasidan “Nyukasl” va “Vest Xem” da’vogarlik qilmoqda. Edenning sobiq jamoasi “Chelsi” rahbariyati esa uni ortga qaytarish fikridan voz kechdi.
“Real” bilan 2024 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan Azar joriy mavsumda o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas oshirdi xolos.
Fikrlar