"Real" Azarning transferini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 13.05.2019 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi "Chelsi" vingeri Eden Azarning transferini Evropa ligasi finalidan so‘ng rasman e’lon qiladi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar 28 yoshli belgiyalik futbolchining transfer masalasida kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra madridliklar Azar uchun “aristokratlar”ga 100 mln evro to‘lashadi.

Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasidagi Evropa ligasi final bahsi 29 may kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!