“Real” barcha turnirlarda gol urayotgan 21 yoshli zo‘r hujumchi topdi

  • 27 yanvar, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari jamoa hujum chizig‘ini “Aston Villa” forvardi Jon Duran yordamida kuchaytirish masalasini o‘rganib chiqyapti.

Bu haqda taniqli jurnalist Santi Auna xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli kolumbiyalik forvardga “Real”dan tashqari “Pari Sen-Jermen”ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Biroq Duranning o‘zi boshqacha fikrda. Iste’dodli hujumchining o‘zi “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tib, mo‘may daromad topishni ko‘zlab turibdi.

Duran professional futbolchilik faoliyatini o‘z yurtida “Envigado” klubida boshlagan. Bu jamoada uch yil to‘p tepganidan keyin 2022 yilda AQShning “Chikago” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

“Aston Villa” yosh hujumchini 2023 yilning yanvarida 16,6 million evroga transfer qilgan. Jorik mavsumda o‘z o‘ynagan barcha turnirlar – Premer-liga, Evropa Chempionlar ligasi va Angliya ligasi kubogida jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!