"Real" besh kun ichida "Milan", MYu va "Barsa" bilan o‘ynaydi! (taqvim)
Madridning "Real" klubi yozda bir qator transferlarga qo‘l urdi. Klub tanaffusdan unumli foydalanib, top klublar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni ham rejalashtirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, "qirollik klubi" 24 iyul sanasida "Milan" bilan o‘yin o‘tkazadi. 27 iyulda "Manchester Yunayted" sinovdan o‘tkazilsa, oradan ikki kun o‘tib, "Barselona" bilan "el-klasiko" o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" o‘tgan mavsum La Ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida esa klub yarim finalda chempion "Manchester Siti"ga yutqazgandi.


Fikrlar