
"Real" Beylning narxini e’lon qildi
Madridning “Real” klubi rahbariyati yozgi transferlar mavsumida jamoa etakchilaridan biri Garet Beylni sotishga harakat qilib ko‘radi, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Manbada yozilishcha, “qaymoqranglilar” 29 yoshli uelslik futbolchi 75 million evro kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Shuningdek, bu futbolchi “Chelsi”dan xarid qilinishi kutilayotgan belgiyalik Eden Azarning transferi bir qismiga ham aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Beyl bu mavsum “Real” safida 35 o‘yinda 14 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar