
"Real" Beylning o‘rniga "Roma" futbolchisini olib kelmoqchi
Madridning "Real" klubi "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 20 yoshli italiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. U "Real"dan ketishi aytilayotgan Garet Beylning o‘rniga munosib ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dzanologa shuningdek "Yuventus" va "Tottenxem" klublaridan ham qiziqishlar mavjud. O‘z navbatida “Roma” esa uni 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Dzanolo “Roma” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jami 36ta o‘yinda ishtirok etdi va 6ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar