
“Real” bir superfutbolchi uchun ikki hujumchisini bermoqchi
PSJ to‘purari Kilian Mbappe yozda klubidan ketmasligini e’lon qildi. Unga asosiy da’vogar bo‘lgan “Real” endi e’tiborini zaxira varianti – Erling Xolandni transfer qilishga qaratmoqda.
“Qirollik klubi” norvegiyalik hujumchini yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Erling Xolandning ayni paytdagi transfer summasi 90 million evroni tashkil etmoqda. Madridliklar narxni pasaytirish uchun “Borussiya”ga ikkita hujumchisi – Luka Yovich va Mariano Diasni berib, 20-30 million evro miqdoridagi mablag‘ni tejab qolmoqchi.
Xolandga madridliklardan tashqari PSJ, “Manchester Yunayted” va “Yuventus” kabi qudratli klublar ham xaridor bo‘lmoqda
Fikrlar