“Real” bir vaqtning o‘zida olti nafar o‘yinchini taklif qiladi
Joriy mavsumdan keyin Madridning “Real” klubi tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Qirollik klubi” yozgi transferlar oynasi davrida bir vaqtning o‘zida olti nafar o‘yinchini oladigan bo‘ldi.
Bu haqida Sport.es sayti xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ispan klubi ijarada yaxshi o‘ynayotgani sababli “Lyon”dan hujumchi Endrikni qaytarib oladi. Braziliyalik futbolchidan tashqari, madridliklar hozir “Como”da o‘ynayotgan o‘z tarbiyalanuvchisi Niko Pasni ham qayta sotib olishni rejalashtirgan.
Shuningdek, “Real” tarkibidagi nozik nuqtalarni yoshlar jamoasida ko‘zga tashlana boshlagan o‘ng himoyachisi David Ximenes Korredor, “AZ Alkmaar” yarim himoyachisi Kes Smit, “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Ibrohim Konate va “Como”ning yana bir vakili Xakobo Ramon bilan ham to‘ldirishi mumkin.
Qayd etilishicha, o‘tgan yozda poytaxt klubi transferlarga 164,5 million yevro sarflab, Din Xöysen, Trent Aleksander-Arnold, Alvaro Karreras va Franko Mastantuononi sotib olgan.
Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbariyati mamlakatning yetakchi klublari bilan “Liverpul” qanot hujumchisi Muhammad Saloh kelasi yozda qaysi jamoaga o‘tishi mumkinligi bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.
Ilgari 33 yoshli to‘purarga asosiy da’vogar sifatida “Al-Ittihod” e’tirof etilgan bo‘lsa, endi vaziyat o‘zgardi. Ayni paytda Salohni qo‘lga kiritish uchun nomzodlar qatoriga “An-Nasr” ham qo‘shildi.
Fikrlar