"Real" "bomba" va katta harajatli transferga yaqin

  • 08.06.2022 17:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Orelen Tchuameni transferi "Real" Madridga 116 million evroga tushishi mumkin. 

"RMC Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar shartnomada ko‘rsatilgan barcha bonuslar to‘lansa, "qaymoqranglilar" u uchun 116 million evro mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

"Monako" olishi mumkin bo‘lgan bonus 20 million evro. 10 million evro oson, qolgan 10 million evro esa biroz qiyinroq. Shuningdek, "qirollik klubi" 19 foiz soliqni o‘z zimmasiga oldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, "Real" hamda frantsiyalik yarim himoyachi og‘zaki kelishuvga egaligi borasida xabarlar chiqayotgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!