“Real” chaqirayotgan yulduz arablarning millionlaridan voz kecholmayapti

  • 12 avgust, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Professional futbolchilik faoliyatida “Atletik” va “Manchester Siti”dagi o‘yinlari bilan tanilgan Emerik Laport o‘tgan yili pul ishlash maqsadida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Yaqinda Laportga jahonning eng qudratli jamoasi “Real”dan chaqiruv bo‘ldi. Karlo Anchelotti jamoasida himoya chizig‘ida kutilmagan muammolar yuzaga kelgan va ularni bartaraf etish uchun madridliklarning tajribali himoyachiga ehtiyoji bor.

Laport “Real”ga o‘tishni istayapti. Lekin 30 yoshli markaziy himoyachi “An-Nasr” bilan shartnomasi yo‘qotmoqchi emas. Chunki shayxlar unga har mavsum uchun 24 million evrodan maosh to‘laydi. Evropada biror klub Laport darajasidagi o‘yinchiga bu qadar katta mablag‘ bermaydi.

Endi ko‘p narsa ispaniyalik futbolchining agentlari mahoratiga bog‘liq. Ular Laportning riyodliklar bilan shartnomasini saqlab qolgan holda “Real”ga o‘tishi uchun echim topib berishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!