
“Real” “Chelsi”dan norozi yulduzni chorlayapti
“Chelsi”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Meyson Maunt o‘z faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Yaqinda iste’dodli futbolchi Tomas Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillari qimmatbaho o‘yinchilarga yaxshi munosabat qilib, klub tarbiyalanuvchilarining hurmatini joyiga qo‘ymayotganidan noroziligi bildirgandi.
Bundan tashqari, Mauntga klub rahbariyati unga maoshini ko‘tarish bo‘yicha muzokara o‘tkazmayotgani ham yoqmayapti va u “aristokratlar” safini tark etmoqchi.
Bu vaziyatdan Evropaning qator jamoalari, xususan, “Real” ham foydalanib qolmoqchi. Biroq, Mauntning londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi va uning transferi 75 million evroga baholayotgani xaridorlarga og‘irlik qilishi mumkin.
Fikrlar