«Real»da Zidaning harakatlaridan norozi bo'lishmoqda

  • 28.09.2026 12:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan qarorlaridan mamnun emas. Sabab – kichik jarohati bor Kilian Mbappega ehtiyotkorlik bilan munosabat qilinmayotgani.

Manbalarga ko‘ra, Mbappe milliy jamoa ixtiyoriga yetarli darajada sog‘lom holda emas, balki avval jarohat olgan joyida engil og‘riq sezgan holda yetib kelgan. «Real» bu haqida frantsuzlar tomonini oldindan ogohlantirgan va jarohat qayta kuchayishi xavfi borligini bildirgan. Klub futbolchiga maksimal darajada dam berish va ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.

Shunga qaramay, Zidan Mbappeni to‘liq kuch bilan maydonga tushirmoqda. U futbolchiga tanaffus berish, jarohatni asrash va retsidiv xavfini kamaytirish imkonini bermayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!