Asosiy mazmunga oʻtish

"Real"dan mag‘lubiyatga uchragan Flik endi "Barsa" o‘yinigа akademiyadagi futbolchilarni qo‘yadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaziyat shuni taqozo etmoqda

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Real»ga qarshi uyda 1:2 hisobida mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadagi kadr muammolari haqida gapirdi. «El klasiko» davomidayoq birinchi bo‘lim oxiriga qadar jarohat olgani sababli Xavi Esport maydonni tark etdi. 

Shuningdek, jarohat tufayli ushbu uchrashuvga «Barselona» tarkibiga Andreas Kristensen, Dani Olmo, Erik Garsiya va Jyul Kunde kiritilmadi.

«Esport, Olmo va Erik Garsiya to‘qnashuvlar natijasida jarohat oldi. Hozir himoya chizig‘ida tanlov imkoniyatlarimiz juda cheklangan, shu bois vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirishga majburmiz. 

Balki akademiyamizdan yana ko‘proq futbolchi jalb qilishimizga to‘g‘ri kelar. Baribir bu qiyinchiliklarni engib o‘tamiz. Umid qilamizki, Kristensen va Erik Garsiya yaqin orada safga qaytishadi. Yaxshi yangiliklar bo‘ladimi, kutamiz», – deya ta’kidladi Flik jurnalistlar bilan suhbatda.

«Barselona» La Liganing navbatdagi turida «Alaves»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q