"Real" Edegorni "Ayaks"ga sotishni xohlamadi

  • 25 aprel, 2019, 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi norvegiyalik yarim himoyachisi Martin Edegorning transferi masalasida "Ayaks"dan bo‘lgan taklifni rad etdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 20 yoshli futbolchisini 20 mln evro evaziga amsterdamliklarga sotishni xohlamagan. Madridliklar Edegor hali "Santyago Bernabeu"da o‘zini ko‘rsatishiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, Edegor joriy mavsumni Gollandiyaning “Vitess” klubida ijara asosida o‘tkazmoqda. U bu mavsum 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!