“Real” emas! Gvardiola o‘zini eng ko‘p qiynagan nomni aytdi

  • 18.03.2026 13:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali javob oʻyinida “Real”ga 1:2 hisobida boy berilgan oʻyindan keyin oʻz faoliyatidagi eng katta chaqiriq yoki sinov haqida fikr bildirdi.

- “Real” men uchun eng katta sinovmi? Men uchun eng katta sinov Yurgen Klopp boʻlgan. Ispaniyada bu qanday ekanini tasavvur ham qila olmaysan.

“Real”ga qarshi shuncha marta oʻynash va bunday avlod oʻyinchilariga ega boʻlishning oʻzi yetarlicha yaxshi natija, - dedi Gvardiola.

Taʼkidlash lozimki, Yurgen Klopp “Liverpul”ni toʻqqiz yil davomida boshqargan davrda Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” bilan koʻp bora toʻqnash kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!