"Real" Endrik bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 11.09.2026 11:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi Endrik qishki transfer oynasida Madriddning «Real» jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bergan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» 20 yoshli forvardni ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. 

Endrikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati taxminan 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda braziliyalik futbolchi ijara asosida Fransiyaning «Lyon» klubi sharafini himoya qilgan edi. U Liga 1 doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi (ulardan biri penalti) va yettita golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!