"Real" yetakchisi faoliyatini APL chempioni safida davom ettirishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Zhunior faoliyatini APLda davom ettirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqida "TNT Sports" nashri ma’lum qildi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul" klubi qiziqish bildirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, "qizillar" futbolchisi Dominik Soboslayning shaxsan o‘zi Vinisiusga qo‘ng‘iroq qilib uni mersisaydliklar safiga qo‘shilishga ko‘ndirgan. Slot jamoasi yozda klubni tark etadigan Muhammad Salahning o‘rniga Vinisiusni tarkibni qo‘shib olishga qarshi emas.
Bir necha kun oldin Vinisius "Real" rahbariyatini o‘z kelajagi haqida imkon qadar tezroq qaror qabul qilishi uchun shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga so‘ragan edi. Vinisius "qaymoqranglilar"dan Kilian Mbappening maoshidan ko‘proq pul olishni istamoqda.
Hozirda vingerning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum madridliklar safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar