"Real" futbolchisi A Seriya klubi safiga ko‘chib o‘tdi (foto)

  • 28 avgust, 2021, 21:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid himoyachisi Alvaro Odriosola faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi mavsumni Italiya A Seriyasida ishtirok etuvchi "Fiorentina" jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan. Klub 25 yoshli himoyachini madridliklardan ijaraga olgan.

Shartnoma mavsum so‘ngiga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi florentsiyaliklar tarkibida 29-raqam ostida harakat qiladi. "Real" uni shu paytga qadar "Bavariya"ga ijara asosida jo‘natgan edi.

Alvaro umumiy hisobda "qirollik klubi" libosida 29 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

photo_2021-08-28_20-34-21

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!