"Real" futbolchisi A Seriyada "ushlanib qolishi" mumkin

  • 06.01.2022 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumni "Fiorentina" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Real" himoyachisi Alvaro Odriosola “binafsharanglilar” tarkibida dastlab rejalashtirilganidan uzoqroq muddat qolishi mumkin.

Repubblica nashrining xabar berishicha, A Seriya klubi rahbariyati Odriosolaning ko‘rsatayotgan o‘yinidan juda mamnun va shu sababli uning ijara muddatini kamida yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.

Qayd etilishicha, ular ushbu imkoniyatni joriy mavsum oxirida “qirollik klubi” bilan muhokama qilishadi.

Ispaniyalik futbolchi bu mavsum A Seriyada jami 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!