Koronavirus Xames Rodrigesni “Real”dan ketishga majbur qilmoqda
“Real” futbolchisi Xames Rodriges klubdan ketishga majbur. Madridliklar koronavirus pandemiyasi ta’sirida kelib chiqqan iqtisodiy muammolarni engillatish maqsadida kolumbiyalik yarim himoyachini transfer qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” rahbariyatini futbolchi uchun 40 million evrolik taklif ham qoniqtiradi.
Ayni paytda mohir futbolchiga “Napoli”, “Everton” va “Atletiko”dan aniq taklif bor. Xames Rodrigesning o‘zi Madridda qolish uchun “Atletiko” variantini tanlamoqchi bo‘lyapti.
Fikrlar