"Real" futbolchisi Bundesliga tarixiga kirdi
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Ashraf Hakimi Bundesliga tarixiga kirdi.
Aniqrog‘i, 21 yoshli marokashlik futbolchi o‘tgan tur “RB Leypig”ga (3:3) qarshi o‘yinda 36,2 km/soat tezlik olgan. Bu esa Bundesliganing yangi rekordi hisoblanadi.
Shu tariqa Hakimi Germaniya Bundesligasi tarixidagi eng tezkor futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Ashraf joriy mavsum dortmundliklar safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Hakimi ayni damda “Borussiya”da ijara asosida to‘p surmoqda. Uning transfer huquqi “Real”ga tegishli.
Fikrlar