"Real" futbolchisi ortga qaytishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vilyarreal"da ijara asosida to‘p suradigan "Real" hujumchisi Takefusa Kubo madridliklar ixtiyoriga qaytishi mumkin.

Vilyarrealliklar rahbariyati futbolchilarning maoshini qisqartirishga harakat qilmoqda, shu sabab klub ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilmoqchi.

"Real"da esa Kuboni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rishmayapti. Shuning uchun 19 yoshli hujumchi boshqa klubga ijaraga yuborilishi mumkin.

Joriy mavsumda Kubo La Ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!