"Real" futbolchisiga APLning 3 ta klubi da’vogarlik qilmoqda

  • 04.07.2019 09:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning  “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “Liverpul”, “Arsenal” va “Tottenxem” klublari da’vogarlik qilishmoqda. Biroq, ular orasida “shporlar” favorit ekanligi aytilmoqda.

Garchi Sebalos madridliklar ustozi Zinedin Zidanning rejalariga kirmasada, “qirollik klubi” rahbariyati uni ijaraga berishni yoki keyinchalki qayta sotib olish huquqi bilan sotishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” Sebalosni ijaraga olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Sebalos o‘tgan mavsum La Ligada jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!