“Real” futbolchisiga jamoadan tezroq ketishni maslahat berishdi

  • 21 yanvar, 2021, 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijara asosida “Arsenal”da o‘ynayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Daniel Sebalos “Real”dagi jamoadoshi Martin Edegorga klubdan ketishni maslahat berdi. Mavsum boshida Zinedin Zidan tomonidan asosiy jamoaga qaytarilgan norvegiyalik yarim himoyachi etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan noroziligini bildirgan.

Tecno

- Yosh futbolchilar muntazam o‘ynashi kerak. “Real”da menga ham boshqa o‘yinchilar bilan teng imkoniyat berishlarini kutdim. Menga etarli o‘yin vaqti berishmadi va vaziyatni o‘zgartirish kerakligini, boshqa jamoada o‘z o‘rnimga ega bo‘lish yaxshiroq ekanini tushundim.

Men Madridda boshimdan o‘tganlari haqida gapirishim mumkin. Bunaqada Martin Edegorning kelajagi nima bo‘lishini bilmayman, - dedi Sebalos.

“Arsenal” Martin Edegorni ham ijaraga olishni istamoqda. “Kanonirlar” 22 yoshli yarim himoyachini so‘rab, “Qirollik klubi” rahbariyatiga murojaat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!