“Real” futbolchisini zudlik bilan ortga qaytishga chaqirdi
Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Real” yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish haqida bosh qotira boshladi. Zinedin Zidan ishni himoyani mustahkamlashdan boshladi.
Ana shu maqsadda, “Bavariya”dan Alvaro Odriosola ortga qaytariladigan bo‘ldi. Yaqinda Myunxenga ijara asosida yuborilgan bu futbolchi yangi mavsumda “Qirollik klubi” asosiy tarkibidan joy olish imkoniga ega bo‘ladi. Buning uchun u ichki raqobatda Dani Karvaxalni engishi kerak.
Odriosola madridliklar safiga 2018 yilda “Real Sosedad”dan 30 million evro evaziga olib kelingan edi. Yana to‘rt yillik shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi “Real” va “Bavariya” tarkibida jami ettita o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, ikki mamlakat chempionligiga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar