“Real” himoyachisi Angliya va Italiya grandlari qiziqish bildirmoqda

  • 31.03.2026 17:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger atrofidagi transfer muzokaralari tobora qizib bormoqda. Tuttosport xabariga koʻra, avvaliga faqat "Yuventus" qiziqish bildirayotgani aytilgan boʻlsa, endilikda unga Angliyaning ikki giganti — "Manchester Yunayted" va "Liverpul" ham daʼvogarlik qilayotgani maʼlum boʻldi.

"Yuventus" tajribali markaziy himoyachiga 2 yillik shartnoma taklif qilib, umumiy 10–12 million yevro maosh vaʼda qilmoqda. "Real Madrid" esa, futbolchiga atigi 1 yillik va 5 million yevrolik yangi shartnoma taklifi bor.

"Real Madrid" klubidagi murabbiylik holati ham Antonio Ryudiger qaroriga taʼsir qilishi mumkin. Vaqtincha murabbiy Alvaro Arbeloa jamoani boshqarmoqda va uning qoʻl ostida Ryudiger asosiy tarkibda muntazam oʻynamoqda. Avvalgi murabbiy Xabi Alonso futbolchiga yetarlicha oʻyin amaliyoti bermadi.

33 yoshli himoyachi 2022 yildan buyon madridliklar safida toʻp surmoqda. Shu vaqt ichida u 174 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. 2024 yilda u "Real" bilan UEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.

Ryudiger professional faoliyatini "Shtutgart"da boshlagan. Keyinchalik u "Roma" va "Chelsi" jamoalarida ham muvaffaqiyatli oʻynagan.

Ayni paytda himoyachi uchun haqiqiy transfer kurashi shakllanmoqda. Agar ingliz klublari ham rasmiy taklif bilan chiqsa, yozda katta klublar oʻrtasida jiddiy moliyaviy raqobat yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.

Qobulov Navroʻz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!