"Real" hujumchisi har 13 daqiqada gol uryapti
Bu yigit uzoqqa boradi
Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Karlos Espi joriy mavsumda juda yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda.
21 yoshli yangi futbolchi hali Xose Mourinyo boshqaruvidagi jamoa tarkibida biror marta asosiy tarkibdan maydonga tushmagan. Shunga qaramay, u olti o‘yinda jami 38 daqiqa maydonda bo‘lib, uchta gol urishga ulgurdi.
Hisob-kitobga ko‘ra, yosh ispaniyalikka har bir gol uchun o‘rtacha 13 daqiqadan ham kamroq vaqt kifoya qilmoqda.
Karlos Espi o‘tgan yozda «Levante» klubidan «qirollik» jamoasi safiga qo‘shilgan. Uning transferi 25 million yevro atrofida baholangan. Chorshanba kuni forvard Liga chempionlari doirasida «Real»ga «Roma» ustidan irodali g‘alabani ta’minlashga yordam berdi. U zahiradan maydonga tushgach, uchrashuv oxirida raqib darvozasini ishg‘ol etdi va hisob 4:3 ko‘rinishida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Izohlar (0)