"Real" hujumchisi kutilmaganda jarohat oldi

  • 09.01.2021 00:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Luka Yovich La Liganing 18-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

23 yoshli serbiyalik futbolchi “Osasuna”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan edi, ammo so‘nggi pallada chap oyog‘idan jarohat oldi.

Yovich joriy mavsum La Ligada 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.

«Osasuna» – «Real» uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!