“Real” hujumchisi “Liverpul”ga qarshi o‘ynolmaydigan bo‘ldi

  • 04.11.2025 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Real” endi Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich navbatdagi turida Angliyada “Liverpul” mehmoni bo‘lishi kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, madridliklarning yangi hujumchisi Franko Mastantuono bo‘lajak bellashuvda jarohati tufayli ishtirok eta olmaydi. Uning qachongacha davolanishi hozircha ma’lum emas.

Bu haqda jurnalist Mario Kortegana xabar tarqatdi. Uning ma’lum qilishicha, argentinalik hujumkor futbolchi chov qismidan shikastlangan.

La Liganing 11-turida Mastantuono “Valensiya”ga qarshi uchrashuvni og‘riqlar bilan o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” iste’dodli futbolchini o‘tgan yoz “River Pleyt”dan transfer qilgan edi. Mastantuono yangi jamoasida hozirgacha 12 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!