
“Real” hujumchisi taklif kutyapti
Madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan yosh hujumchi Luka Yovich “Real”dan ketishga qaror qildi. U joriy transfer bozori yopilguncha o‘ziga yangi jamoa topmoqchi.
22 yoshli serbiyalik hujumchi har qanday taklifni ko‘rib chiqishga, hatto ijara asosida to‘p surishga tayyorligini bildirgan. Avvalroq, unga “Milan” jiddiy qiziqqan edi. Biroq, transfer amalga oshmay qoldi.
“Real” rahbariyati ham bir yil muqaddam 60 million evroga sotib olingan Luka Yovichdan tezroq qutilmoqchi. Shuning uchun, madridliklar futbolchini ijaraga berishga ham rozi. Hujumchiga “Nyukasl”, “Arsenal”, “Roma”, “Milan”, “Manchester Yunayted” va “Bayer” kabi klublardan hamon qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar