
“Real” hujumchisi uchta taklif oldi
“Real” hujumchisi Luka Yovich qishki transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Ayni paytda uchta jamoa 23 yoshli hujumchini o‘z safiga chorlamoqda. Serbiyalik futbolchi “Gerta”, “Vulverxempton” va “Aytraxt” kabi jamoalardan birini tanlashi kerak. Ular Yovichni mavsum oxirigacha ijaraga olsa, keyinchalik uning transferini 30-35 million evroga sotib olishi mumkin bo‘ladi.
“Qirollik klubi” bu hujumchini bir yarim yil avval “Aytraxt”dan 60 million evro evaziga xarid qilgan va 2024 yilning yozigacha shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar