Yovich “Real”ga nega kelganini tushunmadi
“Real” sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich jamoada o‘zini ko‘rsatolmagan Luka Yovichni tanqid qildi.
- Men Yovich haqida gapirganda uning gollarini tilga olishni istardim. Lekin buning iloji yo‘q. Katta pul evaziga kelgan bu futbolchi imkoniyatni boy berdi. Yovichning o‘yinini ko‘rdik. Savollar ko‘p. U “Real”ga nega kelganini tushungani yo‘q, - dedi Miyatovich.
Luka Yovich “Real” tarkibida 15 ta o‘yinda ikkita gol ura oldi xolos.
Fikrlar